Qizaloq(Singlim Feruzaga)

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

QIZALOQ Singlim FERUZAga Qo‘g‘irchoqdan bir zum nari ketmasdan Erkalar, bag‘riga bosar qizaloq. Hayot nima - hali idrok etmasdan, Go‘dakligiga ham aqli yetmasdan, Ona bo‘laman deb o‘sar qizaloq. Taajjub, kim solmish uning ko‘ngliga, Kirmoq qayda hali hayot yo‘liga, Ona allasiga qonmasdan hali, Ertaga shu uyga beka bo‘lgali Supurgi tutadi jajji qo‘liga. Halitdan onalik mehr-shafqatin Dilingga soldingmi, erka qizaloq? Tatib kо‘rmay hali hayot zahmatin, Mushfiq onalikning bor mashaqqatin Bo‘yningga oldingmi, erka qizaloq? Gulzor yashagandek g‘uncha qatida, Tomchida quyoshning jamolin ko‘rdim. Oylasam, o‘y bitmas hayot haqida, Shu jajji qizaloq tabiatida Tabiatning buyuk kamolin ko‘rdim.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.