Shoira Saida Zunnunovaga
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SHOIRA SAIDA ZUNNUNOVAGA
Hech otash dil bul yoniq
Dilcha bo‘lurmi, hay-hay,
Hech biyron til bu jonso‘z
Tilcha bo‘lurmi, hay-hay.
Bu yurakning tug‘yoni
Vulqoncha bo‘ldi, qaydan?
Qo‘shiqlari daryoyi
Nilcha bo‘lurmi, hay-hay.
Nasrda-buncha shiddat,
Nazmda buncha san’at,
She’r bundoq qirq yorilgan
Qilcha bo‘lurmi, hay-hay.
Ikki o‘n yetti yosh-u
Bir o‘n olti ko‘ribsiz,
Mazmunda lek har kun.
Yilcha bo‘lurmi, hay-hay.
Saida, so‘zi borliq
Olamni o‘rtaganda
Qanoatda Said Ahmad
Filcha bo‘lurmi, hay-hay.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish