She’r haqida she’r
1960-1990-yillar
She’r (hazil)
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SHE’R HAQIDA SHE’R
(Hazil)
She’rim, mana, bitding nihoyat,
Tunim uyg‘oq o‘tdi qoshingda.
Bitding dedim, sevinma faqat,
Qancha ish bor hali boshingda.
Hali seni уо‘nib, tarashlab
Yuz martalab o‘chirmog‘im bor.
Qayta-qayta g‘ijimlab tashlab,
Takror-takror ko‘chirmog‘im bor.
Axir bir kun mavsuming yetib,
Kirganida g‘o‘za shonaga,
Asta sening qo‘lingdan tutib
Yetaklayman gazetxonaga.
Ilhom dilga bog‘lagan qanot,
Shaxdam-shaxdam tashlaymiz odim,
Bizga aylab «shirin» iltifot
Qarshi olar adabiy xodim.
Seni asta yonimdan olib,
Hayajon-la tutaman unga.
She’rmi? - deya u qovoq solib
Ko‘zoynagin qo‘yar burunga.
O‘qib chiqar, tortmaga tashlar,
O‘z ishini ettirar davom.
Endi, she’rim, shu kundan boshlab,
Sen meniki emassan tamom.
Hech kim seni she’r demas endi,
Hech kim demas qo‘shiq yo g‘azal.
Sen kuy, ilhom, shavq emas endi,
Bunda sening noming «material».
Urinmagin end! behuda,
Uchmoq uchun bog‘lama qanot.
Orom olib shirin uyquda
Muharrirning tortmasida yot.
Yoz haqida bitilgan bo‘lsang,
Shoshma, hali qish kelguncha tur.
Baxting kulib, yil o‘tgach, arang
Yarming chiqsa, shunga ham shukr.
Hali seni, she’rim, necha bor.
G‘urbatlarga yetaklar taqdir.
Bunda qancha... muxlislaring bor,
Hali seni qilurlar tahrir.
O‘zgaradi qancha kaloming,
O‘zgaradi qanchalar lavhang.
Yozilganda «Tong» bo‘lsa noming,
«Oqshom» bo‘lar balki sarlavhang.
So‘ng olamga yoygali qanot,
Elni o‘zga qilgali «shaydo».
Quyosh yanglig‘ bir kuni - hayhot!
Gazetada bo‘lursan paydo.
O‘z nomimdan taniyman arang,
Lol turaman sening qoshingda.
Navbat bilan tanqidchi akang
Yong‘oq chaqar endi boshingda.
Tahlil aylab ters-u o‘ngingdan,
Ikkimizni qiladi behol.
Xo‘p do‘pposlab, tanqid so‘nggida
Ijodimga tilaydi kamol.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish