She’r kechasi

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SHE’R KECHASI Navbatim kelmoqda, So‘zlayman men ham, Eng yaxshi she’rimni izlayman men ham. Qani, Kuylarimning eng sozi qani?! Ko‘nglimning eng dilbar ovozi qani?! Bir-bir varaqlayman yodim daftarin, Meni ma’zur tuting, aziz do‘stlarim! Quvnoq davrangizda o‘qib bergali Eng yaxshi she’rimni yozmabman hali. She’rlar chamani keng, Umrim ham uzoq, Gullar terajakman quchoq va Ammo bir gul mening yuragimdadir, Bir she’r yozmoq mening tilagimdadir. Bu she’rni izlayman aqlimni tanib, Bu she’rni kuylayman otashda yonib. Bu she’r ishqi bilan yashayman mudom, Bu she’r ishqi bilan ko‘nglimda ilhom. Bu she’rga band butun ezgu hislarim. Meni ma’zur tuting bu gal, do‘stlarim, Quvnoq davrangizda o‘qib bergali Eng yaxshi she’rimni yozmabman hali. Va lekin men uni bitmagunimcha, Bitib sizga taqdim etmagunimcha - Bir nafas halovat bilmasman aslo, Tinmasman, tinmasman, tinmasman aslo!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.