Yo‘q halovat istamayman

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

YO‘Q, HALOVAT ISTAMAYMAN Yo‘q, halovat istamayman, Orom bilmas yosh jonim. To‘lqin urgan ummoncha bor Yurakdagi tug‘yonim. Bo‘ronlarga, dovullarga Peshvoz yurgim keladi. Daryolarning girdobiga Ko‘krak urgim keladi. Tinchlik bilmas odatimdan Ozor cheksam mayliga. Olov bo‘lib bir dam yonsam, So‘ng o‘chsam ham mayliga... Har mushkulga bardosh berar, Chidar mening tosh boshim. Ammo sokin, tinch yashashga Sira yo‘qdir bardoshim.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.