Xayrli kech
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
XAYRLI KECH
Tilak qadrin bilar odamlar,
Yaxshi niyat qilar odamlar.
Do‘stga tungi orom oldidan
Xayrli kech tilar odamlar.
Xayrli kech - hikmatli istak,
Bu istakni buyurmish yurak.
Xayrli kech - farahli tuning
Osoyishta, tinch bo‘lsin, demak.
Yer yuzida yashagan inson
Mayliga, u qayerlik bo‘lsin,
Tinch mehnatda kunlari shodon,
Kechalari xayrli bo‘lsin.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish