Yo‘llar
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
YO‘LLAR
Yillar osha bir yosh o‘sarman,
Yo‘llar osha bir bosh o‘sarman.
Men sayr etgan gul vodiylarda
Chechaklarga yondosh o‘sarman.
Bog‘lar olgan, qir oshgan yo‘llar,
Ufqlarga tutashgan yo‘llar
Jimir-jimir nuqralar taqib,
Nur emibsiz quyoshdan, yo‘llar.
Sayr odatim qo‘yarmidim men,
O‘lkam kezib to‘yarmidim men,
Kezmay turib, sayr etmay turib
Uni shuncha suyarmidim men!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish