Majnuntol
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
MAJNUNTOL
- Qubbon sohilida qomating bukib,
Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib,
Nimalar haqida surasan xayol,
So‘yla, majnuntol?
Yo tongda bir go‘zal chiqdimi suvga,
Nigohing tushdimi ko‘zi ohuga?
Seni band etdimi labidagi xol,
So‘yla, majnuntol?
Ko‘l uzra oqqushlar parvoz etdimi,
Va yo o‘ylaringni olib ketdimi,
Sochlaringni silab o‘tganda shamol,
So‘yla, majnuntol?
Tunda oy aksini ko‘rdingmi suvda,
Balki kutmoqdasan uni behuda,
Yo‘qsa nega ma’yus kо‘rinding, ne hol,
So‘yla. mainuntol?
- Yo‘q, fikrim band etgan oqqushlar emas,
Sabo yo parivash boqishlar emas.
Na suv ko‘zgusida ko‘ringari hilol,
Na chehrasi ol!
Xayolim boisi boshqadir butun,
O‘tmishning bu g‘amli qissasi uzun.
So‘rading, so‘ylayin, mayli, quloq sol,
Qalbga tugib ol!
«...Jondan sevar edi bir-birin ular,
Qalbda to‘liq edi shirin orzular.
Yigit - o‘ktam edi, qiz - sohibjamol,
Xulqda barkamol.
Ular shu bogvlarda oynab-kulardi,
Og‘ushim ularga maskan bo‘lardi,
Bunda o‘tkazardi oshiqlar visol -
Damlarin xushhol.
Anov chamanlarda gul terardilar,
Anov tosh ustida o‘ltirardilar.
Ikki qalb go‘yo qo‘sh kabutar misol,
Tillarida bol...
Ammo ushalmadi shirin orzular...
Bir kecha so‘nggi bor uchrashdi ular.
Oh, sevgi gulshani etildi poymol,
So‘zlamoq mahol...
Hamon yodimdadir u g‘amli ko‘zlar,
Shu oqshom aytilgan alamli so‘zlar:
Ota «boylik...», «taqdir...», «nikoh...», -«qari-chol...»
Va «Хауг, xush qol!..»
Uzoq o‘tirdilar shu tun ikki yor,
Ayriliq shomida vafoli nigor.
Yigitga qoldirdi ishqidan timsol -
Shohi dastro‘mol...
Shu bo‘ldi - ularni topmadim zinhor,
So‘radim, izladim - ko‘rmadim bir bor.
Qaydadir sevganlar, ne kechdi ahvol -
Bilmayman alhol».
Gar so‘rsam javobsiz chayqalur bu ko‘l,
Daragin keltirmas yellar ham butkul.
Bog‘da gul bosh chayqar, men bergan savol
Qarshisida lol...
So‘radim, daf’atan jim qoldi bog‘lar,
So‘radim, cho‘kkanday tuyildi tog‘lar.
So‘radim, chor atrof ma’yus, bemajol -
Ko‘rindi behol...
Jondan sevar edi bir-birin ular,
Qalbda to‘lig‘ edi shirin orzular.
Bu bir sevgi edi, ulug‘ barkamol,
Oh, ketdi uvol...
Sen bukun sohilda kezib yurganda,
Dildoring yoningda xanda urganda,
Shu kechmish hislari dil mulkin darhol
Qildilar ishg‘ol.
Fikrimni band etgan ishq qissasi bu,
Va ishq qissasining alqissasi bu - .
Shu sevgi haqi ham sendagi iqbol ..
Topmasin zavol!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish