Tong lavhasi
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
TONG LAVHASI
Ufqlarga qo‘yib guldasta,
Tog‘ ortidan ko‘tardi-da bosh,
Pastga boqdi cho‘qqidan asta
Oltih qalam tutgan bir naqqosh.
Har nuqtaga sayqal berib u,
Vodiy uzra chizdi zar lavha.
So‘ng quyosh deb imzo chekdi-yu,
Tongotar deb qo‘ydi sarlavha.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish