Samarqand
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SAMARQAND
Otashin barq yondi gulrang
Charxning mehrobida,
Charx urar kocnglim xayolning
Otashin girdobida.
Subhidam oftobi ko‘kning
Gumbazida yondi, yo
Yondi bu firuza gumbaz
Subhidam oftobida.
Tong emas bu, tongda bo‘lsam
Men xayol obida g‘arq,
Tong qilibdir chunki ko‘nglim
Bu xayoldek obida.
Ko‘hna shahrim, tarixingni,
Ko‘z yumib qilsam xayol,
G‘arq ko‘rindi mazlum elning
Ko‘z yoshi selobida.
Bu saroylar g‘ishti elning
Ashki birlan xokidan,
Rang-u bovyog‘i qorilmish
Qayg‘uning zardobida.
Chulg‘anib sokin xayolga
Jim yotar sog‘onalar.
Ne ko‘rar Mirzo Ulug‘bek
Besh asrlik xobida?
Keng falakni quchdi inson,
Lek ming yil o‘tsa ham
Ilk muallimdir Samarqand
Ilmi aflok bobida.
Bosh egib ustoz Ulug‘bek
Qoshida turdim bu tong,
Charx urib ko‘nglim xayolning
Otashin girdobida.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish