Bag‘ishlov
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
BAG‘ISHLOV
Ey sen, latif do‘st, bu senga
Umrim kitobidir,
Umrim kitobi ne, olis
Yo‘l sarhisobidir.
Bu yo‘l ravon emas, uning
Past-u balandi ko‘p,
Jon rishtasidek misralar
Yo‘lning tanobidir.
Bir shahr nOmi Ibtido,
Bir shahr Intiho,
Jonimda ikki shahr aro
Yo‘l iztirobidir.
Sen kim eding, kim bo‘lding, ey,
Dil, deb so‘raydi dil,
She’r asli dil savoliga
Dilning javobidir
Umrim agar bog‘ bo‘lsa, siz.
Bog‘bonisiz, elim,
Tutdim, oling, - o‘z bog‘ingiz
Sharbat, gulobidir
Yoshing necha deb so‘rmangiz,
Yoron-u ahli dil, Erkin
Vatan yoshi mening
Yoshim hisobidir.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish