Debocha
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
DEBOCHA
Istadim sayr aylamoqni
Men g‘azal bo‘stonida.
Kulmangiz, ne bor senga deb
Mir Alisher yonida.
She’riyat- dunyosi keng,
Gulzori ko‘p, bo‘stoni ko‘p,
Har ko‘ngil arzini aytur
Neki bor imkonida
Ey munaqqid sen g‘azalni
Ko‘hna deb kamsitmagil,
Sevgi ham Odam Atodin
Qolgan inson qonida.
Toshga ham shirin g‘azal
Baxsh aylagay otash va jon.
Shavq o‘ti yonsa agar
Shoir- g‘azalxon qonida
Rost g‘azal avjida barcha
Oy ila Zuhro emas,
Ko‘p erur somonchilar ham
She’riyat osmonida
Do‘stlarim,shoir demang,
Erkin g‘azal shaydosidur
Yosh deng-u ma’zur tuting
Sahv о‘lsa gar devonida.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish