Yolg‘on haqida

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

YOLG‘ON HAQIDA Gar hakim о‘salga tasallo bergay, So‘zi yolg‘on bo‘lsa, Olloh kechirgay. Ayrilgan do‘stlarni qovushtirgan zot Aldasa, tadbiri gunohdan ozod. Xunuk xotiningga ayt, yuzing - oftob, Bu asli yolg‘onmas, gunohmas, savob. Rost-u yolg‘onlarning hisobi bordir, U dunyo, bu dunyo javobi bordir. Yolg‘onchi olamda gunohimiz ko‘p, Kechiruvchi tanho Parvardigordir. Jahonda yolg‘on bor, lekin eng yomon Elni jaholatga boshlagan yolg‘on. U xalq yuragiga otilgan o‘qdir, Unga ikki olam mag‘firat yo‘qdir.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.