Turkiston bir, Vatan bir

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

TURKISTON BIR, VATAN BIR Qadim ona bu tuproq Turkiston bir, vatan bir. Bizga jondan azizroq Turkiston bir, Vatan bir. Al-Beruniy yodi bor, Yassaviy faryodi bor, Qoshg‘ariy ijodi bor, Turkiston bir, Vatan bir. Tangritog‘ - shamoili, Jayhun, Talas va Ili - Bobolarim manzili - Turkiston bir, Vatan bir. Farobiy cholg‘usida, Navoiy orzusida, Shoh Bobur qayg‘usida Turkiston bir, Vatan bir. Temur bobom tug‘ida, Shermuhammad ruhida, Istiqlol shukuhida Turkiston bir, Vatan bir. Tojik - yuksak Pomirim, Turkman - tutash tomirim, Qirg‘iz, qozoq - bovurim - Turkiston bir, Vatan bir. Mustafo Cho‘qay joni, Cho‘lponning shahid qoni Qodiriyning armoni - Turkiston bir, Vatan bir. Yovlar рога qilgan tan, Xomtalash bo‘lgan Vatan. Oh, bo‘lurmi qaytadan Turkiston bir, Vatan bir. Ona yerga quloq tut, Nidolar bo‘lmas unut. Ruhlar aytar: ona yurt Turkiston bir, Vatan bir.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.