Bolalik

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

BOLALIK Tuproq ko‘chalardan chopgan bolalik Yillar changi ichra asta yo‘qoldi. Bolalik ketdi-yu, sho‘x suhbatlarda Uni kula-kula eslamoq qoldi. Jilg‘alar oshiqar daryo bo‘lgani, Giyohlar bo‘y cho‘zar doim quyoshga. Ertaning ishqida yillar oshdim-u Orzu qanotida yetdim bu yoshga. Qancha intilganman, kursi qo‘ymasdan Dadam javonidan olguncha kitob. Qancha izlangahman, murg‘ak fikrning Minglab savoliga topguncha javob. Bolalik! Men seni bir umr qalbda Ona suti kabi saqlay muqaddas Va lekin ertangi kunimdan kechib, Senga qaytmoqni hech qilmavman havas!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.