Jon talash

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

JON TALASH Jon bilan dil o‘rtasida Bo‘ldi ul jonon talash, Ne ajab, o‘zbek uyida Doimo mehmon talash Mulki dil jon xayli birlan Yor taloshini qilur, Qay zamon bo‘lmish ikki el O‘rtasida xon talash? Jon-ц dil xunrezlik aylab Bo‘ldi oxir tilka jon, Dil esa majruh, anorning Donasidek qontalash. Jon-u dil qildi talosh-u Bunda keldi ming balo, O‘rtada men mubtalo-yu Zor-u sargardon talash. Bu talosh vasfini bitsam Lolazor bo‘lgay zamin, So‘zlarim anjumi sig‘may Lavhayi osmon talash. Bilmam, ul oy jon-u ko‘ngil Birla kelgay, yo ketur, Vahki, qolmoq birla ketmoq, О‘rtasida jon talash Jon-ku, bir parvonadur, Erkin, uni hech o‘ylama, Ishq bozorida bo‘lsin Sen bitar devon talash.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.