Do‘stga biz sog‘ar uzatdik
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
DO‘STGA BIZ SOG‘AR UZATDIK...
Mehnat-u zahmatda kechdi
Subh birla shomimiz,
Sidqdin chiqdi yomonga
Oqibatda nomimiz.
Do‘stga biz sog‘ar uzatdik
Ol, dedik, do‘stlik uchun
Zahr ila to‘ldirdi ul do‘st,
Vah, ko‘targan jomimiz.
Biz yurakda mehr-u shafqat
Go‘shasin tiklab, edik,
Qaysi uyga-soya soldi
Bu ko‘targan tomimiz
Qaysi do'stning arpasin biz
Xom o‘rib qo‘ygan edik,
Boshimizga urdi-ku oh!
Pishmagan bu xomimiz!
Olam ahli ichra biz ham
Bosh tutib yursak edik
Noumid shayton, demishlar,
Kelgay ul ayomimiz.
Ey, olis avlod, bilursan
Biz kim-u armon nedir,
Bir zamon yetsa qo‘lingga
Dardli bu payg‘omimiz.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish