Yoshligimda
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
YOSHLIGIMDA..
Yoshligimda kelgan omad
Men uchun omad emas,
Yoshlik andoq baxt erurkim,
O‘zga baxt hojat emas.
Neki tole bo‘lsa ko‘rsam ,
Deyman ulg‘aygach yoshim,
Yoshligimga, chunki baxtni
Qadr etish odat emas.
Tong quvonchi birla yayrab
Nurga chulg‘angan chog‘im'
Men uchun shomi g‘aribon
Vaqt emas, soat emas.
Yoshligimda, ne taajjub,
Bilmasam do‘st qadrini,
Chunki yolg‘izlik,- g‘ariblik.
Men uchun holat emas.
Tut qadah, do‘stim, tilarman
So‘nggi qatra lazzatin,
Kim, bu lazzatsiz hayot ham,
Boda ham rohat emas.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish