Yaxshidir achchiq haqiqat

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

YAXSHIDIR ACHCHIQ HAQIQAT Yaxshidir achiq haqiqat, Lek shirin yolg‘on yomon, Ul shirin yolg‘onga mendek Aldanib qolg‘on yomon. Umrimiz aldoq jahonda Aldanib o‘tgay, ya lek So‘nggi qiynalg‘on yomondir, So‘nggi qiynalg‘on yomon. Aytgali achchiq azobing Bo‘lsa dildosh yaxshidir. So‘z demay o‘tli alamni Joningga solg‘on yomon. Jonga solg‘on ham na sozdir, Elga so‘ylab men kabi Shoiri devonayi ishq Nomini olg‘on yomon. Gar qilich kelsa boshingga, Qo‘rqma, Erkin, rostni ayt, Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg‘on yomon.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.