Sadoqat

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SADOQAT Keksa qarag‘ayning Ildizin ochib, Tortdilar qo‘sh arqon solib belidan. Lekin u tuproqqa panjasin sanchib, Sira qo‘zg‘almasdi Ungan yeridan... Nihoyat, gurs etib yerga quladi, Butab, so‘ng ko‘tarib ketdilar, biroq - U o‘z panjasida olib jo‘nadi Yashagan yeridan Bir siqim tuproq.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.