Do‘st bilan obod uying
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
DO‘STBILAN OBOD UYING
Do‘st bilan obod uying,
Gar bo‘lsa u vayrona ham,
Do‘st qadam qo‘ymas esa,
Vayronadir koshona ham.
Intizor har uy dilovar
Dilkusholar bazmiga,
Gar oyoq qo‘ysa qabohat
Yig‘lagay ostona ham.
Yaxshi do‘stlar davrasida
Ochilursan har zamon,
Ko‘rkni shoda ichra topgay
Marvarid durdona ham.
So‘rma mendan, kim diloro,
Do‘stmi yo jonona deb,
Do‘st mening ko‘nglimdadir?
Jonimdadir jonona ham,
Qochma rostgo‘y do‘stlarning
Koyish-u ozoridan,
Qaddi rost shamning tilidan
O‘rtanur parvona ham.
Do‘st qidir, do‘st top jahonda,
Do‘st yuz ming bo‘lsa oz,
Ko‘p erur bisyor dushman.
Bo‘lsa u bir dona ham.
Kim senga hamroz emasdir,
Beg‘araz deb о‘уlama,
Gohi dushmanlik qilurlar
Qo‘l siqib do‘stona ham.
Do‘sti sodiq yo‘q ekan deb
O‘rtanib kuyma va lek,
Mehr uyin keng ochsang,Erkin,
Do‘st bo‘lur begona ham.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish