Muborakbod

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

MUBORAKBOD Ikki yonbag‘irdan tushgan qo‘sh irmoq Birikib soy bo‘lib oqqani kabi, Qamar ko‘zgisi-yu quyosh shulasi Uchrashib oy bo‘lib boqqani kabi. Qarchig‘ay kiftida tutash qo‘shaloq Qanotin falakda qoqqani kabi, Zaminda uchrashib oftob bilan suv Zamin ko‘ksiga gul taqqani kabi. G‘ijjak torlarida uchrashgan simlar Kuy bo‘lib dillarga oqqani kabi She’r uzra tutashgan qalam va qog‘oz Yuraklarga olov yoqqani kabi Bu kun ikki yurak - ikki kabutar Bir sevgi navosin chalmoqda xassos. Ikki chamanzorning ikki chechagi Bir yangi gulshanga solmoqda asos. Bu gulshan uyingiz muborak bo‘lsin, Muhabbat to‘yingiz muborak bo‘lsin.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.