Sir aytar g‘unchaga
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SIR AYTAR G‘UNCHAGA G‘UNCHA...
Sir aytar g‘unchaga g‘uncha,
Ko‘ngil ko‘ngilni anglaydir.
Kabutarni kabutar o‘pgay-u
Gul gulni tanlaydir.
Misoli ikki yulduzni
Qo‘shar taqdir yigit, qizni,
Agar yor anglamas bizni,
Iloj ne, sho‘r bu manglaydir.
Chamanlar ichra rang tanlab,
Parivashlar bo‘yaydir lab,
Mening yorim labin, yo rab,
Yurak qonimga ranglaydir.
Qoshi ham o‘smadan zangor,
Dema zangor, erur zangbor,
Nechukkim qon to‘kib xunxor
Qilichlar bo‘yla zanglaydir.
G‘am-u hajr-u jafolarda
Yonar bulbul navolarda.
U bulbulmas, samolarda
Mening dodim jaranglaydir.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish