Gulmidi, rayhonmidi, jambul
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
GULMIDI, RAYHONMIDI, JAMBUL
Gulzor ichida gulmidi,
rayhonmidi, jambul,
Yo jambul-u rayhon-u gul
uzguvchi sanam bul.
Valloh, bu sanam, odam emas,
necha so‘z aytsam,
Odam deya bir boqmadi,
e voh, ne odam bul?
Chaqmoq kabi bir lahza
nasib etdi visoli,
Endi menga yor turk go‘zali.
hajrida g‘am bul.
Izlab necha kun shahrida
ovora bo‘libman,
Istanbul emas, oshiq uchun
jonga sitam bul.
Shul yoshda yonib sevgini
nazm etsa ne aybkim,
Erkin yuragi ishq o‘tida
kuyguchi sham bul.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish