Senga baxtdan taxt tilarman
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SENGA BAXTDAN TAXT TILARMAN
Sen g‘anisan, menda bisyor ehtiyoj.
Nodirabegim
Senga baxtdan taxt tilarman,
Toledan boshingga toj,
Mulki husningga omonlik,
Toj-u taxtingga rivoj.
Toj-u taxt tashbehidan sen
Ko‘hna deb kulsang netay,
Sen axir shohi jahonim,
Men qulingman, ne iloj?
Ne ilojkim, davlatim yo‘q,
Ganji mehrimdan bo‘lak,
Bul evazdan ko‘z to‘laydur
Qatra-qatra dur xiroj.
Ko‘zlarim aylar hamisha
Arzi muhtojlik senga,
Ayt-chi, jonim, bormi senda
Ko‘z yoshimga ehtiyoj?
Ko‘p nasihat tinglab Erkin
Qilmadi hech tarki ishq.
Bor masalkim, ish yurishmas
Sohibi gar bo‘lsa koj.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish