Sevgini tortib bo‘lurmu

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SEVGINI TORTIB BO‘LURMU... Sevgini tortib bo‘lurmu Tosh-u tarozu bilan, Mehrni o‘lchab bo‘lurmu Zar bilan, inju bilan? Ayt, qachon ko‘nglimga Solding Ishq о‘tin, ey sohira, Dil o‘zi bog‘landimu, yo Bog‘lading jodu bilan? Men senga ko‘nglimni ochdim, Ha deb ayt, yo yo‘q deb ayt, Buncha qiynaysan dilimni, O‘rtama kulgu bilan. Nega senga tik qarolmam, Ko‘zlaring oftobmi, yo Oftob aksin ko‘zga solding O‘ynashib ko‘zgu bilan. Vasl umidin tark etolmay Intilar ko‘nglim senga, Umrini oshiq hamisha O‘tkazur orzu bilan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.