Yoshligim

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

YOSHLIGIM Yoshligim, kel, kuyga to‘lgan Qalbim oltin sozi bo‘l, Men qo‘shiq aytay to‘lib, Bir lahza jo‘r ovozi bo‘l. Dilga oqsin baxtli umrim Kuy bo‘lib, ohang bo‘lib, Sen uning «Oromijon»i, «Gulyor»u «Shahnozi» bo‘l. Orzu-istakdin-ku shodon Dilga bog‘labsan qanot, Bu tilak osmonining Doim baland parvozi bo‘l. Ketmagin aslo hayotim Gulshanin tark etmagil, Bir umr men birla qolgin, Bu ko‘ngil hamrozi bo‘l. Yoshligim dostoniga men Shuladin yo‘ndim qalam, Ey sahar ufqi, uning sen Zarvaraq qog‘ozi bo‘l. Yoshligim, sen menga bergan Kuch, shuuring, g‘ayrating Xalq-u yurtga baxsh etolsam, Shunda mendan rozi bo‘l.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.