Lola sayli

1960-1990-yillar Badiha O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

LOLA SAYLI (Badiha) Taklif etdim tong bilan Dildorni lola sayliga, Boshim osmonlarga yetdi Yor deganda «mayliga». Keng jahon bo‘ldi munavvar Lutfidan, evoh, qani, Sidqi dildan yursa dilbar Doim oshiq mayliga. O‘yladim shu tong, necha yil Dasht-u sahrolar kezib, Taklifi sayl aylamabdir Ne uchun Qays Layliga! Bu xayolim yorga aytsam, Kuldi-yu, berdi javob: Ahli ishq ham boqqay albat О‘z zamonin zayliga. Lola terdik dasta-dasta Kech bilan qaytdik shahar, Yo‘lda bir-bir tarqatib Erkin muhabbat xayliga
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.