Visol sog‘inchi

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

VISOL SOG‘INCHI Yor vaslini sog‘insam Sayr etaymu bog‘-rog‘, Bog‘-rog‘ sayr etganimdan Ko‘nglim o‘lmas chog‘rog‘. Xushlamas hijronda ko‘nglim Lolazor sayrini ham, Chunki bag‘rim lolaning Bag‘ridan ham dog‘rog‘. Gar sog‘inchim sharhin aytsam Yondirar Farhod o‘zin, Yo ochay Majnunga dardim, Ul-ku mendan sog‘rog‘. Dardlashurga do‘st qani-yu, Dillashurga yor qani, Topganim ul oshnoroqdir, Bul esa o‘rtog‘rog‘. Intizorlik dardin, Erkin, Haddi yo‘q, poyoni yo‘q, Yor ozor topmasin deb Men qo‘sharman «rog‘-rog‘».
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.