Bandi zulf

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

BANDI ZULF Voh ajabkim, zulfingga dil Qayta-qayta bo‘ldi band. Necha-necha band bo‘lishdan Ul yemabdir zarra pand. Ishq so‘zin takror etibdir To‘tidek har dam tilim, Chunki bu til lablaringdan To‘ti yanglig‘ so‘rdi qand. Shafqat istarman dilingdan, Gul yuzingdan bir visol, Ko‘zlaringdan may so‘rarman, Lablaringdan no‘shxand. Sunbuling gar dom erursa, Doimo men band bo‘lay, Dard esa ishqing, bo‘lay men Bir umrga dardmand. Hajr kuydirgay emishdir, Vasl o‘ldirgay emish, Kel, meni kuydirma, o‘ldir Menga o‘lmoq ne pisand? O‘t yoqib ketding yurakka, Men tiyarman ko‘z yoshim, Chunki istarman, bu gulxan Doim o‘lsin sarbaland. Tashlading band aylab avval Ne uchun Erkin dilin, Yo‘lda qolmish ohu yanglig‘, Bo‘ynida tori kamand.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.