Ko‘zing

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

KO‘ZING Hajrdan tor bu ko‘ngilga Shu’la afshondir kо‘zing, Yo magar ko‘nglim yo‘qolgan - Tor shabistondir kо‘zing. Ham qorong‘u kechadir ul, Ham yorug‘ kunduz menga Ko‘zlarimda kecha-kunduz Chun namoyondir ko‘zing Husn ahli ichra tengsiz Sen-ku xoqonsan o‘zing, Sehr mulki ichra tanho Shoh-u sultondir ko‘zing. Turfa bu jodularingga Termulib lolmen bukun, Ko‘zlarim hayronlig‘iga Nega hayrondir ko‘zing? Hislarimrining yelkanida Bir adashgan yo‘lchiman, Sevgi bo‘ronin yuborgan Cheksiz ummondir ko‘zing. Ko‘zlaring yulduzmi, yo‘q, Yulduz erur har uchquni, Qorachig‘ kuygan quyosh-u Moviy osmondir ko‘zing. Yor ko‘zin ummon deb aytding, Unga suv to‘kmoq nechun? - Bas, ani ko‘rganda, Erkin, Nega giryondir ko‘zing?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.