Shirin
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SHIRIN
Dilkusho do‘st, dilrabo yor -
Birla kechgan dam shirin.
Do‘st-u yor birlan hayot-u
Siynayi olam shirin.
Sevgi zavqi bir tomon-u
Boda kayfi bir tomon,
Qay biri ortiq shirindir,
Qay birisi kam shirin
Ikki gulgun chehra bo‘lsa,
O‘rtada gulgun sharob,
Men uchun maydin ham ortiq
Suhbati hamdam shirin.
Bu jahonda, deydilar,
Har kimda bor bir o‘zga ta’b
Menga may, bulbulga tong
Gul bargida shabnam shirin.
Sevgining dardi faqat
Beishq uchun begonadir,
Ishqi yor bo‘lsa firoq -
Chekkanda hatto g‘am shirin
So‘yla, do‘st, gulgun sharobning
Kayfidan ortiq na bor?
Bo‘sadan lablarda qolgan
Jon suvidek nam shirin.
Ey gulim, sevgim haqi,
Maydan meni qilma judo,
Menmi, ul ortiq dema,
Sen ham shirin, ul ham shirin.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish