Vatan qadri
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
VATAN QADRI
Chashma qoshida tiniq suv
Qadrini bilmas kishi,
Sayr etib gulshanda gulni
Ko‘ziga ilmas kishi.
Vah, bu ne g‘aflatki inson -
Ko‘ksida tutmish Vatan,
Kim Vatan ichra Vatanning
Shukrini qilmas kishi.
Yurt nedir, yurt dog‘i nedir,
Yurtdan ayrilgan bilar,
Anglaguvchi yurt firoqin
Yurtda topilmas kishi.
Ey, vatandoshim, eshit
Bobur-u Furqat nolasin,
Besabab anduh tig‘ida
Bag‘rini tilmas kishi.
Bilma, farzandim, Vatan hajrini,
Lek qadrini bil -
Kim Vatan qadrini bilmas,
Angla, komilmas kishi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish