Na qilsin

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

NA QILSIN Ishq ahlidir parishon O‘zga bino na qilsin. She’r ahlidir devona, Kibr-u hayo na qilsin. Husn asli bevafo-ku, Gar unga bo‘lsa,mag‘rur, Husn ahlining o‘zida Sidq-u vafo na qilsin. Ishq ofatiga oshiq Dil amri birla kirgay, Dard ila shod ekan ul, Malham, davo na qilsin. Ko‘rsat o'zingni - shu bas, Ko‘nglimda boshqa о‘у yo‘q. Ayb etmagil tikilsam, Ko‘zda balo na qilsin. Yor vaslidan topolmas Erkin diliga taskin, Afsus demakdin o‘zga U mubtalo na qilsin...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.