Uzum
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
UZUM
Termular shabnamli yaproq -
Ostidan pinhon uzum,
Lablaringga yetmoq istab
Tong sahar giryon uzum.
Oftob mashshotasi
Tok sochini nurdan tarab
Zangining bo‘yniga osmish
Shodayi marjon uzum.
Toqi ishkom misli osmon,
Har taraf yulduz sochur,
Voh ajab, bu ne sinoat,
Yer uzum, osmon uzum.
Tark etib koshkin, savatga
Qoydi bosh, izlab seni
Charx urib bozor ichida
Bo‘ldi sargardon uzum.
Kimki oshiqlikni da’vo
Aylasa shuldir jazo.
Oqibat xum ichra bo‘ldi
Mahkumi zindon uzum.
Xum ichida necha yil
Xun bo‘lmoq erkan qismati,
Lablaringga yetdi oxir
Bir piyola qon uzum.
Bir qadah gulgun sharob
Tutdim senga, bir ho‘plading,
Toleyimdan voladurman,
Baxtidan hayron uzum.
Ey dilorom, senga Erkin
Tutdi maydek she’rini,
Dil xumida necha yil
Qon bo‘ldi bu devon - uzum.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish