Dilda ishq daryochadir
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
DILDA ISHQ DARYOCHADIR...
Ahli she’r balki kitobim
Nazmi ishq deb ochadir,
Yo‘q, kitobim, sevgining.
Devoniga debochadir.
Ko‘zlaring orzusida
Tuzdim navo, zebo sanam,
Nastarin ko‘z ochib aytsin,
She’ri, ham zebochadir.
Balki u zebocha ermas,
Balki u bir g‘unchadir,
Husning oftobida ammo
Kun sayin zeb ochadir.
Voh, ajab, nomingni aytsam
Lol bo‘lur til ham ko‘ngil,
She’r ipi nogoh qalamning
Ignasidan qochadir.
Erkinning devonidan hech
To‘lmasa, ko‘ngling, ne tong,
Tilda she’r bir qatra bo‘lsa,
Dilda ishq daryochadir.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish