Ishq istilosi
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
ISHQ ISTILOSI
Ko‘ngul mulkini toroj -
Aylagan ishq istilosidir.
Na bo‘lgay oxiri, bu
Istiloning ibtidosidir.
Degaylar, do‘stlikdan -
Boshlanur ishq, aksi ermasmi,
Biz endi do‘st, dedi yor,
Oh, bu sevgi intihosidir,
Baland parvoz etar yor -
Dil qushi, ko‘zlami dom aylab,
Uni sayd aylamoq yo
Har ko‘ngilning muddaosidir.
Nechun husn-u sadoqatni
Egiz tug‘mabdi bu olam,
Tabiat-qasdidir yoki
Bu ham bitta xatosidir.
Ko'ngil dardini aytib
Yig‘lamasman ko‘cha-yu ko‘yda,
O‘zi ko‘nglimga dard solgan,
O‘zi bu dard davosidir.
Topindim yor - sanamga men
Muhabbat sajdagohida,
Biling, dinsizlar osiymas,
Muhabbatsizlar osiydir.
Jafo qil, mayli, dilbar,
Vasl umidin ko‘ymagay Erkin,
Yotar yo‘lingda ko'nglim -
Bir shirin so‘zning gadosidir.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish