Qaro qoshing

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

QARO QOSHING Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing, qiz. Qilur qatlima qasd qayrab - Qilich qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab, Qanot qoqmoqqa qo‘maysan. Qarab qo‘ygil qiyo, Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.