Firoq haqida

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

FIROQ HAQIDA Sen yiroqda, Yoring yiroqda, O‘rtanadi joning firoqda, Tugab borar bardosh - saboting, Uchay desang, yo‘qdir qanoting. Sevar yoring vasliga mushtoq Kechalaring o‘tadi uyg‘oq... Ammo g‘amdan boshingni bukma, Shahlo ko‘zdan yoshingni to‘kma. Dilbar, buni firoq dema hech, Yorim mendan yiroq dema hech. Chunki ora kirib joningga, Bag‘ring bir kun kelar yoningga. Seni nohaq Ranjitdi yoring, Yo o‘zgadan rashk etdi yoring. Nolishingga quloq solmadi, Izhoringdan ko‘ngli qonmadi Ketdi boqmay hatto qayrilib... Sen buni ham dema ayriliq. Dil o‘rtama, yig‘lama aslo, Sen bu hijron zulmati aro Pok sevgingni aylagin chiroq, Visol bilan almashur firoq. Sen sevasan, Sevmaydi yoring, Yor ko‘ngliga yetmaydi zoring. Sevganingni yoki bilmaydi, Yo bilsa ham ko‘zga ilmaydi. Ayriliqda yonasan biroq - Sen buni ham atama firoq. Chunki sevging bo‘lsa agar chin Hijronlarni qilar chilparchin. Ishon faqat, hech tolmay ishon, Ishonch bo‘lsa chekinar hijron... Yoring bo‘lsa Yoningda doim, Yoring bovlsa - ko‘rkam, muloyim, Har oningni keehirsang birga, Birga bo‘lsang butun umrga, Hayot qurib ulab unga jon, Yashasang-u yillar yonma-yon — Ammo bo‘lsa ko‘ngillar yiroq, Dunyoda yo‘q bundan zo‘r firoq. Bu firoqqa sira yo‘q davo Bu firoqqa yo‘liqma aslo!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.