Shohigul
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SHOHIGUL
Otashin gul uzdim, ol, bu -
Shohigullar shohi gul.
Gul sochiq yo‘llarda bo‘lsin
Gul yuzim hamrohi gul.
Shohigul ermas bu, o‘tlug‘ -
Yuzlaring hijronida,
Intizor bog‘ kо‘ksidan
Chiqqan fig‘on-u ohi gul.
Ishq elining qatra-qatra
Qonidan ungan chechak?-
Sevgining oshiq ko‘ngillarga
Olovli chohi gul.
Bilgali ko‘nglingni, kirsam
Bog‘ing ichra har zamon,
Shohigulga yolvorurman,
Sirlaring ogohi gul.
Bu jahon gulzorida
Har bir chechakning o‘rni bor,
Xoh tikandir, xoh pechakdir,
Xohi yaproq, xohi gul.
Gul emas, Erkin qo‘lingga
Tutdi o‘tdek qalbini,
Otashidan qo'rqma, ol,
Ol, kuymagaysan, Mohigul.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish