Samar bo‘lg‘ay
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
SAMAR BO‘LG‘AY
Seningsiz menga kom yo‘qdir,
Asal ichsam zahar bolg‘ay
Sening birlan shirin so‘zim,
Zahar yutsam shakar bo‘lg‘ay.
Yuzingga bir umr boqsam
To‘yurmi ko‘z, qonurmu dil,
Na undan belgi paydo-yu,
Na bundan bir asar bo‘lg‘ay.
Ikki yor vaslini istab
Ikki ishq so‘zin eshitsam,
Ikki ko‘zim ko‘r-u, ikki
Qulog‘im, mayli, kar bo‘lg‘ay.
Ko‘zing uchganda ko'nglimni
Olib kipriklaringga qo‘y,
Qosh-u mujgonlaring kо‘nglim
Qushiga bolu par bolg‘ay.
Tirilsa nogahon Farhod,
Yuzingni kо‘rsa ko‘zguda,
Kechib Shirinidan yuz yil
Ko‘yingda darbadar bo‘lg‘ay.
Habibim band etar kо‘nglim,
Tabibim pand etar doim,
Bilolmasman, bu savdoda
Na sudu na zarar bo‘lg‘ay.
Muhabbat nogahon dilda
Yozib kurtak, ochibdir gul,
Umidvor Erkining, jono,
Bu guldan bir samar bo‘lg‘ay
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish