Bir qadam
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
BIR QADAM
Ikkimizning o'rtamizda
Yo‘l, diloro, bir qadam.
Shunchala rmushkulmi qo‘ymoq
Senga, zebo, bir qadam.
Ko‘zlarimning nuri boldi.
Yolga poyandoz, kel.
Sen qasam ichdingmi yo, deb-
Qo‘ymam aslo bir qadam.
Men seni Zuhro-yu Oy deb
Iltijo qildim va lek
Sen yiroqsan, garchi menga
Oy-u Zuhro bir qadam.
Parda ichra oftobim,
Yonida men nurga zor,
Tashnaman, qirg'oqdadurman -
Bunda daryo bir qadam.
Ne ilojkim, sevgi rasmi
Shul ekan taqdir azal,
Hech pisand ermas masofa,
Mushkul, ammo bir qadam.
Intizorlik telba qildi,
Telbalikka yo‘q iloj,
Jonidan kechgan kishiga
Ikki dunyo bir qadam.
Bas, shikoyat qilma, Erkin,
Jur’at aylab yo‘lga chiq,
Senga bir odim Samarqand,
So‘ng Buxoro birqadam.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish