Surma

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SURMA Aslida kim qarardi Yotganda xor surma, Boldi aziz, kо‘ziga Surtganda yor surma. Ko‘zda qaro na iz bul, Tun dog‘idan asarmu, Mayxona kezdim-u yo Mastonavor surma. Yor ko‘ziga yetishmak Savdo ekan-ku dushvor, Yonib ko‘mir bolibdi Bechora zor, surma. O‘rtanma, kuyma ortiq Jismim qaro ekan deb, Ishq yo‘lida qarolik Taqdirda bor, surma. Ming yil yotib seningdek G‘am tog‘ining tagida, So‘ng mayli bo‘lsam oxir Tolega yor, surma. Yor ketdi-yu, qolibdir Yo‘l o‘rtasida Erkin, Ko‘nglida surma-yu ko‘z, Ko‘zda g‘ubor surma.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.