Bir go‘zalkim

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

BIR GO‘ZALKIM Bir go'zalkim, husnidan el Lol emish, hayron emish, Ishqi birlan dillar obod, Xonumon vayron emish. Nuqtadek bir xoli bormish G‘uncha labning ustida, Ul biri oshkor emishdir, Ul biri pinhon emish. Sangi dilning hasratida Qancha dillar dard chekib, Ko'zlarining g‘urbatida Qancha ko‘z giryon emish. Barcha shaydolarning ohi Jam esa mahshar bo‘lib, Xuni dil ko‘z yoshlaridan Bir buyuk to‘fon_emish Qilgay ermish mutribi ishq O‘z maqomini iroq, Shul sabab ohangi ushshoq, Giryayi afg‘on emish. Ko‘yida yotmish ko‘ngillar Misli singan ko‘zgudek, Vohki, har bir parchasida Ul ruhi tobon emish. Ul go'zal olmoslik ermish, Kim parilar zotidan, G'oyibona oshiq Erkin Tolibi davron emish.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.