Tun bilan yig‘labdi bulbul
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
TUN BILAN YIG‘LABDI BULBUL...
Tun bilan yig‘labdi bulbul
G‘uncha hajri dog‘ida.
Ko‘z yoshi shabnam bo‘lib
Qolmish uning yaprog‘ida.
Ko‘z yumar bo‘lsam, ko'zim -
Oldida paydo gul yuzim,
G‘uncha ko‘z ochmogl bor
Bulbul ko‘zin yummog‘ida.
Asta barg ostida tinglab
Yotgan ermish sho‘x sabo,
G‘uncha bulbuldan muhabbat
Darsin olgan chog‘ida.
Sevgi sahrosida qolmish
Necha Majnundan g‘ubor,
Necha Farhod gardi yotgay
Bisitunning tog‘ida.
G‘unchadek chehrangga Erkin
Jon fido etgay, sanam.
Qatra qonidan gul unsin
To muhabbat bog‘ida.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish