Sevgi

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

SEVGI O‘n sakkizga kirmagan kim bor, Bog‘ingdan gul termagan kim bor. Sen haqingda yozib to‘rt satr, Sirdoshiga asta ko‘rsatib, Qo'shni qizga bermagan kim bor. Dastlab har kim qalam olgan on Yonib seni kuylar begumon. Maskan qurib har bir ko‘ngildan, Oshiqlarni qoldirib tildan, Shoirlarni qilursan biyron. Tushdim chog‘i men ham domingga, Ezgu hislar baxsh etding menga, Hayotimga zar lavha bo‘lding, Ilk she’rimga sarlavha bo‘lding, Xayollarim ulfatdir senga. Yuragimda his etdim qanot, Tilsin kabi_ochilur_hayot, Visoldagi damlarim shirin, Hijrondagi g‘amlarim shirin, Kulib boqar menga koinot... O‘n sakkizga kirmagan kim bor, Bog‘ingdan gul termagan kim bor...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.