Uyg‘otmagil

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

UYG‘OTMAGIL... Tushda ko‘rdim dilbarimni, Ey sabo, uyg‘otmagil, Olma bir dam vasl shavqin, Qo‘y, meni qo‘zg‘atmagil. Necha kunlar axtarurman, Ko‘zlarimda uyqu yo‘q,. Uyquda topdim nihoyat, Endi sen ajratmagil. Sochlarin bo‘ynimga bog‘lab Shod erurman bu kecha, Qo‘y, chamanlardan, sabo, Gul atrini tarqatmagil. Sevganim, xurshid jamolim Vaslidan xushnud ko‘ngil, Sen quyoshni ko‘zlarimga Bir nafas ko‘rsatmagil. Lablarimda kulgu, go‘yo Tushda qand ko‘rgan go‘dak, Qo‘y, shakar labdin ayurma, Sen meni yig‘latmagil. Gar yo‘qotsam bu kecha men Qayga borgum axtarib, Tushda ko‘rdim dilbarimni, Ey sabo, uyg‘otmagil.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.