Tola soch
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
TOLA SOCH
Ul pari avlodidanmu, yo bashar farzandimu?
Habibiy
Ayt, bu soching tolasimu,
Jon ipin bir bandimu,
Yoki soching tolasiga
Jon ipim bog‘landimu?
Tola-tola sochlaringdan
Dil yo‘qotmish tinchini,
Yo bu tolang dil qushiga
Qil tuzoq monandimu?
Kecha chiqding soch uchiga
Paxtadan bog‘lab pilik,
Hech qachon e’zozli paxtam
Shuncha ardoqlandimu?
Sochlaring ishqi, bilolmam,
Menga rohat, yo azob,
Bu ilonning jonga solgan
Zahrimu yo qandimu?
Soch meni devona etgay,
Yo magar shoir qilur,
«Ul pari avlodidanmu,
Yo bashar farzandimu?»
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish