Biz anglamagan jahon ekan ishq

1960-1990-yillar She’r O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)

BIZ ANGLAMAGAN JAHON EKAN ISHQ Oshiqlik ishi yomon ekan-ku, Oshiqqa baloyi jon ekan-ku. Ishq xanda bolib ko‘ngilga kirgach Ko‘ngilda tola fig‘on ekan-ku. Vaslida quvonchi oshikoro, Hijronda g‘ami nihon ekan-ku. Ishq dard-u azobi, hajri bir yon, Rashk otashi bir tomon ekan-ku. Avvalda jahon ko‘zingga gulshan, Oxirda va lek xazon ekan-ku. Ishq olami o‘zga olam erkan, Biz anglamagan jahon ekan-ku. Ko‘ngilni berib qo‘yibmiz oson, Yor sevmaganing oson ekan-ku. Har neki yonar, zamonki so‘ngay, Ishq otashi bezamon ekan-ku. Bor bo‘lsin omon u beomonim,, Dardi bila jon omon ekan-ku. Bog‘landim o‘z ixtiyorim ila, Erkin bo‘lishim gumon ekan-ku
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.