Jon tugamaydir
1960-1990-yillar
She’r
O‘zbegim. Yangi asr avlodi (2019)
JON TUGAMAYDIR
Olamda ayol madhiga doston tugamaydir,
Chun ishq tugamas, ishqdagi armon tugamaydir.
Nazm etdi tugal Hofiz-u Sa’diy-U, Navoiy,
Ne qoldi, demang, shoiri davron tugamaydir.
Gar arsayi ash’or esa ishq bahsiga maydon,
Maydonda chavandoz ko‘p-u, maydon tugamaydir.
Husn ahli uchun bo‘lmas ado noz-u adolar,
Ishq ahli uchun nola-yu afg‘on tugamaydir.
Har neki yonar, yo‘q bo‘ladir, lekin ajabkim,
Mangu yonarak ishq o‘tida, jon tugamaydir.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish